"Ajdodlarimiz merosi bebaho hazinadir"
Òzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va "Milliy armiyamiz-Yangi Òzbekistonning mustahkam qalqonidir!" shiori ostida vatanparvarlik oyligi doirasidagi "Ajdodlarimiz merosi bebaho hazinadir" mavzusida Zomin tuman muzeyiga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, Òzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax mintaqaviy òquv markazi va "Temuriy izdoshlari" xarbiy maktabi òquvchilari bilan birgalikda tuman muzeyiga tashrif buyurib muzey eksponatlari bilan tanishtirildi. Muzeydan joy olgan asori-atiqalar, milliy kiyimlar, jelaklar, paranjilar, qadimiy qòl mehnati bilan bajariladigan yigiruv, tòquv asbob-us kunlari bilan tanishishdi. Ayniqsa yoshlarimizda kòmir solingan dazmol etiborini tortdi. Xar bir eksponatlar bilan tanishib ma'daniy me'rosimiz bebaho ekanligiga yana bir bor amin bòlishdi.