"Ajdodlarimiz merosi abadiydir"
Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi hamda "Temuriy izdoshlari" xarbiy maktabi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir shoir davlat arbobi Alisher Navoiyning 581- yilligi munosabati bilan 8-fevral kuni "Ajdodlarimiz merosi abadiydir" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining a'zosi, 1IDUM ijodiy -madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi A.Sodiqov ochib berdi. Shundan so'ng tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy g'azal va ruboiylaridan parchalar kuy va qo'shiqlar ijro etdilar.