''Ajdodlar merosi'-bebaho xazina"
Zomin tuman axborot -kutubxona markazida Yoshlar markazida joylashgan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari bilan hamkorligida Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan ''Ajdodlar merosi'-bebaho xazina" mavzusida davra suhbati tadhkil etildi.
Davra suhbatini axborot-kutubxona markazi mutaxassisi F. Mamatqulova ochib berib, Buyuk ajdodlarimizning o'lmas merosi, jahor ilm fani rivojiga qo'shgan ulkan hissalari haqida ma'ruza qildi.Beruniy tomonidan yozilgan asarlar haqida alohida ma'lumotlar berib o'tdi. O'quv markazi o'quvchilari tomonidan Beruniy xayoti va ijodidan, xikmatlaridan keltirib, bir qancha fanlar negizida yangilik va ihtirolar qilganligi haqida ajoyib va qiziqarli ma'lumotlar berishdi. O'quvchilar uchun Beruniy haqida film namoyishi havola etildi. Ishtirokchilar Beruniy faoliyati, asarlari haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishdi. Davra suxbati davomida ko'plab o'quvchilar o'z fikr va muloxazalarini bildirdilar. Tadbir mazmunli qiziqarli bo'lib o'tdi.