“Adib ijodi – ma’naviyat ko‘zgusi” nomli kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 5-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili Mirmuhsin tavalludiga bag‘ishlab “Adib ijodi – ma’naviyat ko‘zgusi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning boy ijodiy merosini aks ettiruvchi asarlar, uning hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar, shuningdek, turli manbalar asosida tayyorlangan bibliografik qo‘llanmalar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga yozuvchining ijodiy yo‘li, asarlarida yoritilgan hayotiy voqealar va insoniy fazilatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar adib asarlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ayniqsa, yoshlar orasida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilarda Mirmuhsin ijodiga nisbatan yanada chuqur hurmat va qiziqish uyg‘otdi.