"Adabiyotsiz kelajak - nursiz sham misolidir".
Kitobdan yaxshi do'st yo'q jahonda,
G'amhoring bo'lgay u g'amli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Sh.Mirziyoyev.
Joriy yilning 29 fevral sanasida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax Mintaqaviy o'quv markazi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Adabiyotsiz kelajak - nursiz sham misolidir" mavzusida badiiy adabiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi mutaxassisi G.Rasulova O’zbek she’riyatining gultoji bo’lgan Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan hamda o'zbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi Hamid Olimjon hayoti va ijodi va ularning bosib o'tgan umr yo'llari, yozgan asarlari haqida tushunchalar berib o'tdi. Tadbirga Zomin tuman axborot-kutubxona markazidan Axborot-bibliografiya xizmat rahbari D.Artikova tadbir ishtirokchilariga kitobxonlikni targ'ib qilib, moziyga bir nazar solish maqsadida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur va ularning adabiyot, ma'naviyat, ilm soxalariga katta hissa qo'shganlari hamda homiylik qilganlari haqida keng ma'lumot berib o'tdi. So'zi yakunida esa axborot-kutubxona markaziga tanishishlari uchun taklif qildilar. Tadbir oxirida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmat rahbari D.Artikovaga O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax Mintaqaviy o'quv markazi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirladilar.
https://telegra.ph/Adabiyotsiz-kelajak---nursiz-sham-misolidir-02-29