"ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAYDI".
Mana, yoz fasli ham yakunlanib, bolajonlarning yozgi dam olish va xordiq chiqarish mavsumi ham nihoyasiga yetib bormoqda. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi qator yozgi dam olish oromgohlarida maroqli hordiq chiqarib, yangi o'quv yiliga yangi kuch va shijoat to'рlagan o'quvchi yoshlar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazgan Zomin Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham mazkur vaqt davomida o'zining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib, oromgoh tadbirlarida faol bo'lgan bir qator o'quvchi yoshlar bilan uchrashdilar. "ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAYDI", mavzusida bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, Zominlik ijodkor Abdusattor Sodiqov ishtirok etdi. Ijodiy kechada faol bo'lgan oromgoh tarbiyalanuvchilari Zomin Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandilar.