“Abu Rayhon Beruniy--Sharq javohiri”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 28-noyabr kuni buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi munosabati bilan “Abu Rayhon Beruniy--Sharq javohiri” mavzusida davra suhbati va adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir Yoshlar markazida joylashgan "Leaders" o'quv markazi oquvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati haqida tadbir ishtirokchilariga ma`lumot berib o`tdi.
Kutubxona mutaxassisi F. Mamatqulova Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Saydana” kabi asarlari haqida ma’lumotlarni keltirib o’tib, Beruniy asarlarini o’rganish hanuzgacha davom etayotgani,uning ilmiy merosini o’rganish nafaqat O’zbekistonda, balki chet ellik olim va tarixchilar tomonidan ham o’rganilayotganini ta’kidlab o’tdi. Tadbir ishtirokchilariga Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi animatsion videorolik namoyish etildi.
O’quvchilar Beruniy faoliyati, asarlari haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishdi.