"Abu Rayhon Al-Beruniy saboqlari."
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish bo’yicha “Abu Rayhon Al-Beruniy saboqlari” mavzusida 31 oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari D.Artikova va D.Qarshiboyeva tomonidan dunyo tan olgan astronom, matematik va boshqa ko'plab qomusiy asarlar muallifi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan Yoshlar itiffoqi markazida o'qiyotgan yosh kitobxonlar davrasida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida alloma haqida ko'plab ma'lumotlar berildi va o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
"Abu Rayhon Beruniy oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim – matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 997-yilda mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Urganjga keladi."