Abdulla Qodiriy ijodining ma'naviy qirralari
#Kitob_ko'rgazma
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy kitob ko'rgazmasi o‘tkazdi. O‘zbekiston adabiyoti va ma’naviy hayotida o‘chmas iz qoldirgan yozuvchi Abdulla Qodiriyning tavalludiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriy ijodining ma'naviy qirralari” nomli kitob ko'rgazmasi yurtimiz tarixiga, milliy adabiyotga va jadidlar merosiga bag‘ishlandi. Ko'rgazmada kutubxona xodimlari o‘quvchi-yoshlar hamda mahalliy ziyolilar ishtirok etdi. Ko'rgazmada Abdulla Qodiriy hayoti, ijodi, adabiy merosi hamda jadid adabiyoti vakillarining xalq tafakkurini uyg‘otishdagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Qodiriy asarlaridagi milliylik, erkinlik, vatanparvarlik g‘oyalari bugungi kunimiz bilan hamohang ekani, uning “O‘tkan kunlar” asari orqali xalq ogohligi, mustaqillik g‘oyasi targ‘ib etilganini alohida ta’kidladilar.