21 SENTABR - BUTUN DUNYODA XALQARO TINCHLIK KUNI.
Ushbu kunni BMT Bosh Assambleyasi barcha mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik g‘oyalarini mustahkamlash kuni deb e’lon qilgan.
1981-yilda Bosh Assambleya 36/67-sonli rezolyusiyasi bilan Tinchlik kunini nishonlash borasida qaror qabul qilgan. Bu bayram avvallari sentabr oyining uchinchi seshanbasida nishonlanar edi. Oradan 20 yil o‘tgach, ya’ni 2001-yili Bosh Assambleya bir ovozdan 55/282-sonli rezolyusiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, Xalqaro kun 2002-yildan boshlab, har yili 21-sentabr kuni nishonlanadigan bo‘ldi.
Mazkur sana umumjahon sulh tuzish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi.
Joriy yilning 21 sentabr Xalqaro tinchlik kuniga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi 15-maktab hamda 15 maktabda joylashgan ko'chma kutubxona mutaxassislari I. Alibekova va Z. To'rayevalar hamkorlikda "21 SENTABR - BUTUN DUNYODA XALQARO TINCHLIK KUNI"ga badiiy musiqiy va rasmli ko'rgazmali tadbir tashkil etildi. Tadbirda 15-maktab o'quvchilari tinchlikni tarannum etuvchi she'r, ashula va raqslari bilan yana bir bor tinchlikning bebaho ne'mat ekanligini, uning qadriga yetish har bir Vatan farzandining muqaddas burchi ekanligini eslatishdi.
https://telegra.ph/21-SENTABR---BUTUN-DUNYODA-XALQARO-TINCHLIK-KUNI-09-25