21-may – Kutubxonachilar kasb bayrami kuni
Bugun raqamli texnologiyalar va texnologik taraqqiyot asrida, afsuski, qo’llardagi kitoblar kamroq paydo bo’layotganini ko’rishingiz mumkin. 21-may – Kutubxonachilar kasb bayrami kuni, aslida bu juda muhim va zarur bayram. Kutubxona har bir inson oldida ertak, fantaziya, fan yoki muhabbatning sehrli olamini ochadi. Hech narsa kitob javonlari hidiga tenglasha olmaydi. Muvaffaqiyatli hayot yo’li, albatta, kutubxonaga boradigan yo’ldan boshlanishi kerak. Shu munosabat bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi tashabbusi bilan tumandagi maktab kutubxonachilarining bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bir guruh faol fidoyi maktab kutubxonachilarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.