2 aprel-Xalqaro bolalar kitobi kuni.
Har yili mashhur hikoyanavis adib, bizga "Qor malikasi" ertagi bilan tanilgan Hans Krisitan Andersenning tug'ilgan kuni-2 aprelda Xalqaro bolalar kitobi kuni dunyo bo'ylab nishonlanadi. Ushbu bayram 1967 yilda Yoshlar kitoblari xalqaro kengashi (IBBY)tashabbusi va qarori bilan joriy etilgan.
Kengash ushbu kun orqali bolalarning kitobi o'qishga bo'lgan qiziqishini yaxshilash, yangi avlod ma'naviy va intellektual qiyofasini shakillantirishda bolalar kitobining rolini oshirishni targ'ib qiladi.
Shuningdek, bayramning maqsadlaridan biri bolalar adabiyoti,kitob san'ati va madaniyatini rivojlantirish hamda bolalar kitobxonligi borasidagi mavjud muammolarga dunyo hamjamiyati etiborini qaratishdan iborat.
Sana munosabati bilan Jizzax viloyati Zomin tumanimizdagi 15-umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir Zomin TAKM ko'chma kutubxona mutaxasislarimiz I.Alibekova va Z.To'rayevalar bilan hamkorlikda o'tkazildi.
https://telegra.ph/2-aprel-Xalqaro-bolalar-kitobi-kuni-04-03-2