18-may "Xalqaro muzeylar kuni".
1977 yillardan buyon dunyoda an'anaviy tarzda 18 may "Xalqaro muzeylar kuni" sifarida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu haqda "Xalqaro muzeylar maslahati"(International Council of Museums, ICOM)tashkilotining 1977 yildagi yig'ilishida qaror qabul qilingan. Har yili ushbu bayram muzeylar faoliyatiga bag'ishlangan o'zining ma'lum bir mavzusiga ega bo'ladi. Shu kun munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari Zomin tumanida joylashgan "Zomin tarixi va oʻlkashunoslik muzeyi"ga tashrif buyurishdi. Muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros bo'lgan boylikni kelajak avlodga etkazib beradigan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy xazina bo'lib, u yillar davomida boyib, to'lib boradi. Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlarni namoyishigina bo'lib qolmasdan, ular bizni o'tmish sayohatiga chorlovchi yo'lchi yulduz hamdir. O'zbekiston muzeylari esa 130 yillik tarixga ega. Hu firsatdan foydalanib Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari Zomin muzeyi tarixiga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an'analar hamda qadimiy yodgorliklarni o'ganishga va ularni qanday qilib saqlash haqidada muzey hodimlari so'zlab o'tdilar va muzeydagi yodgorliklarni amaldagi - qoidaga muvofiq saqlab vanamoish qiladilar. Muzeylarni boyitib borish, boy me'moriy obidalarni kelajak avlodga etkazib, ularni asrab - avaylash har birimizdan alohida mas'uliyat talab etadi. Zomin tuman axborot-kitubxona hodimlari muzeyda bo'lgan sayohatdan sayohatdan mamnun bo'lib qaytishdi.