17 may "Kitobxon onalar kuni".
2023- yil 17-may kuni Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Axborot-kutubxona mutaxassislari "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 17-may kuni Zomin axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Ijodkor onalar" davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatida Yom QFYda joylashgan 3-umum ta'lim maktabida ishlayotgan nafaqadagi Ibodat opa Inoyatova o'zining bosib o'tgan umr yo'llari hamda maktabda yosh avlodga, o'quvchilarga bergan ta'limlari haqida so'zlab berdi. Tadbirda qatnashayotgan yosh onalarga o'zini maslahatlaridan berib O'zbekiston xalq yozuvchisi va shoir Muhammad Yusufning "Onajon" she'rini ifodali o'qib berdi. Davra suhbatida ishtirok etgan mehmonlarga axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar berildi. Davra suhbati qiziqarli mazmunli o'tdi.