17 iyun "Kitobxon onalar kuni".
2023- yil 16- iyun kuni Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Axborot-kutubxona mutaxassislari "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 16-iyun kuni Zomin axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Ijodkor onalar" davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatida "Qayirma" MFYda istiqomat qilayotgan kitobxon onalar farzandlari bilan faol qatnashishdi. Davra suhbatida ishtirok etgan mehmonlarga axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar berildi. Davra suhbati qiziqarli mazmunli o'tdi.