17 aprel "Kitobxon onalar kuni".
2024 - yil 17 - aprel kuni Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida axborot-kutubxona mutaxassislari "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarish rejasi asosida joriy yilning 17-aprel kuni Zomin axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga tashrif buyurib "Ijodkor onalar" mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatiga Gadayeva Gulbahor xoji onamiz taklif etildi. Suhbat davomida Gadayeva Gulbahor xoji onamiz o'zi yozgan she'rlari, kitoblari haqida kitobxon talabalar va mehmonlarimizga ma'lumotlar berib o'tdilar, yozgan she'rlaridan talabalarga o'qib eshitirdi. Davra suhbatida "Qayirma" MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxon onalar hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari faol qatnashishdi. Davra suhbatida ishtirok etgan talabalar va mehmonlarga axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar berildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.